Shahar
Xalqaro Biznes va iqtisodiyot universiteti (University of International Business and Economics) Pekinda joylashgan. Shahar Xitoyning poytaxtidir, u Xitoyning shimoli-g’arbiy qismida joylashgan. Bu shahr siyosat, ta’lim va madaniyat sohasida rivojlanmoqda. Shuningdek, Pekin shahri haqida batafsil ma’lumotni ushbu havola orqali olishingiz mumkin. (link)
Universitet tarixi
Xalqaro Biznes va iqtisodiyot universiteti (University of International Business and Economics) 1951- yildan boshlab milliy universitet hisoblanadi.
Statistika
- Kutubxona elektron nashrlari bilan birgalikda 1,5 milliondan ortiq nashrlarni o’z ichiga oladi.
- Universitetda 16,094dan ortiq talaba bor.
- Xodimlarning soni 1,237 kishini tashkil etadi.
Muvaffaqiyatlar, mukofotlar
Universitet Xitoy Xalq ta’limi vazirligi tomonidan yuqori baholandi va 211 -loyihada qatnashishga taklif etildi.

Har yili jahon, shu jumladan o’zbekiston mamlakatlarida xitoy tilini biladigan mutaxassislarga bo’lgan talab ortib bormoqda. iqtisodiyotning jadal o’sishi va xitoyning tegishli kompaniyalari jahon bozorida mustahkam o’rin egallaydi
Xorijda ta’limning mashhurligi bo’yicha reytingda – Xitoy AQSH va Buyuk Britaniyadan keyin 3-o’rinni, shuningdek, dunyodagi eng yaxshi 500 universitetning oliy o’quv yurtlarida 2-o’rinni egallaydi. 300 mingdan ortiq xalqaro talabalar Xitoyda o’qishadi. Xitoy o’zining ta’lim tizimiga Har yili 1 trln yuanga($ 164 mlrd.).
Xitoy an’anaviy tarzda O’zbekistonning asosiy savdo sherigi hisoblanadi. 2018 yil oxirida Xitoy va O’zbekiston o’rtasidagi tovar aylanmasi 5 milliard AQSh dollarini tashkil qiladi, eksportning ulushi 2,2 milliard AQSh dollarini, importning ulushi esa 2,8 milliard dollarni tashkil etadi. Mamlakatimiz Xitoy bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlashga ustuvor ahamiyat beradi.
Ayni paytda Xitoy O’zbekiston iqtisodiyotidagi eng yirik sarmoyadorlardan. Ushbu investitsiyalar hajmi 7,8 milliard AQSh dollaridan oshdi. O’zbekistonda Xitoy sarmoyasi ishtirokida qariyb 800 kompaniya mavjud.
