Shahar
Shandong universiteti (Shandong University) Shandong viloyati, Jinan shahrining g’arbiy qismida joylashgan. Qishloq xo’jaligi, to’qimachilik sohalarida rivojlanmoqda. Bundan tashqari, Jinan shahri haqida batafsil ma’lumotlarni ushbu havoladan olishingiz mumkin (link)
Universitet tarixi:
Shandong universiteti 1901 yildan beri milliy universitetdir. 2018-2019 yilgi hisob-kitoblariga ko’ra, u dunyo universitetlari orasida 270-o’rinni egallaydi.
Statistika:
- Universitetda 57,5 mingdan ortiq talaba tahsil oladi.
- Xodimlarning soni qariyb 1700 kishini tashkil etadi.
- 2 ta milliy laboratoriya va ilmiy markazlar mavjud
Muvaffaqiyatlar, mukofotlar:
Universitet Xitoy Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tan olingan va 211 va 985-loyihalarda ishtirok etishga taklif qilingan.

Har yili jahon, shu jumladan o’zbekiston mamlakatlarida xitoy tilini biladigan mutaxassislarga bo’lgan talab ortib bormoqda. iqtisodiyotning jadal o’sishi va xitoyning tegishli kompaniyalari jahon bozorida mustahkam o’rin egallaydi
Xorijda ta’limning mashhurligi bo’yicha reytingda – Xitoy AQSH va Buyuk Britaniyadan keyin 3-o’rinni, shuningdek, dunyodagi eng yaxshi 500 universitetning oliy o’quv yurtlarida 2-o’rinni egallaydi. 300 mingdan ortiq xalqaro talabalar Xitoyda o’qishadi. Xitoy o’zining ta’lim tizimiga Har yili 1 trln yuanga($ 164 mlrd.).
Xitoy an’anaviy tarzda O’zbekistonning asosiy savdo sherigi hisoblanadi. 2018 yil oxirida Xitoy va O’zbekiston o’rtasidagi tovar aylanmasi 5 milliard AQSh dollarini tashkil qiladi, eksportning ulushi 2,2 milliard AQSh dollarini, importning ulushi esa 2,8 milliard dollarni tashkil etadi. Mamlakatimiz Xitoy bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlashga ustuvor ahamiyat beradi.
Ayni paytda Xitoy O’zbekiston iqtisodiyotidagi eng yirik sarmoyadorlardan. Ushbu investitsiyalar hajmi 7,8 milliard AQSh dollaridan oshdi. O’zbekistonda Xitoy sarmoyasi ishtirokida qariyb 800 kompaniya mavjud.
